Mijoz bizga murojaat qilganda boshqa bizneslarini to'xtatib jalyuzi savdosini yangi boshlagan edi. O'zlari ishlab chiqaruvchi emas, ular katta jalyuzi ishlab chiqaruvchi korxonalardan ulgurji xarid qilib mijozga sotishini aytdilar. Birinchi bo'lib ishni bozorni o'rganishdan boshladik. Instagram akkauntni sotuvchi kontent bilan to'ldirdik. Raqobatchilarni o'rganganimizda hammada bir xil kontent, ya'ni o'zlari qilgan ishlarni rasmlarini qo'yib borishar ekan. Biz boshqacha yo'l tutdik. Akkauntga qilingan ishlarni video obzor qilib joyladik (Rasmdan ko'ra videolar mijoz ishonchiga kirishda kuchli instrument hisoblanadi), undan tashqari mijoz batafsil ma'lumot olishi uchun aktual storislar rejasini tuzib oldik.
Mijoz sayti bo'lmaganligi sababli lidlar oqimini (лидогенерация) to'g'ridan to'g'ri facebook lead ga yo'naltirdik. Offer sifatida biz jalyuzini hisoblatish taklifidan boshladik. Undan tashqari boshqa afzallik va ustunliklarni ham aniqlab alohida ro'yxat qilib chiqdik.
Potensial mijoz formani to'ldirib ro'yxatdan o'tgandan keyin, menejerga u bilan bog'lanib, mijozga to'liq ma'lumot berib, o'lchov olish (zamer) vazifasi qo'yildi. Qancha ko'p zamer qilinsa shuncha miqdorda sotuvga ta'sir qilish mumkin.
Video ko'rinishidagi reklama - reklama kreativlari ichida eng yuqori natijani ko'rsatdi ya'ni kliklar soni boshqa kreativlarga qaraganda yuqori bo'lganini aniqladik.
Auditoriya: Yangi ko'chib o'tganlar, remont qilayotganlar, interer dizayn, mebel auditoriyasi eng aktiv auditoriya ekanligi malum bo'ldi. Undan tashqari sirli tarzda to'plagan ma'lumotlarimiz ham yuqori natija ko'rsatdi.