Rejani aniqlab oldik, bir oyda 30ta oshxona mebeli va 5ta xonalararo eshik uchun buyurtma olish.(Umumiy summani mijoz sir saqalashni iltimos qildi). Ishni auditoriya analizi va raqobatchilar analizidan boshladik.
Ushbu ma'lumotlarga asoslanib reklama va smm strategiya tuzib oldik. (Barcha ma'lumotlar auditoriya analizi, mijoz og'riqlari, ehtiyoji, offer, custdev, reklama kreativlari va boshqalar quyidagi xmind kartada)
amoCRM tizimi o'rnatildi. Sotuvchini 1hafta davomida sotuv texnikalari, skript bo'yicha gaplashishga o'rgatdik va amoCRM bo'yicha ishlashga tayyorladik. Sotuv uchun alohida, SMM uchun alohida javobgar tayinladik.
2-3 oy davomida shuni aniqladikki: o'rtacha chek $2000, $3000. Potensial mijozni sotuvgacha bo'lgan цикли o'rtacha 1,5 oyni tashkil qiladi. Ya'ni mijoz kompaniyaga murojaat qilgandan boshlab sotuvgacha bo'lgan vaqti o'rtacha 1,5 oyni tashkil qilar ekan. Bu vaqt ichida mijozdan habar olasiz, o'lchov olasiz, mebel dizaynini chizdirasiz, mijozga tasdiqlatasiz va hokazo. Butun jarayon uchun, mijoz bilan shartnoma tuzilgunga qadar o'rtacha 1,5 oy davom etadi. Ba'zi hollarda 3-4oygacha ham cho'zilishi mumkin. Bunday uzoq jarayonli bizneslarda sotuv bo'limini tizimli qurish juda muhim.
Yakuniy raqamlar 1 oylik: