Xususiy maktab: $2300 - 1895ta lid
Loyiha haqida
O'zbekistondagi Biznes va IT ga yo'naltirilgan yagona xususiy maktab
Vazifa: Sotuv bo'limini kuniga 400ta sifatli lid bilan ta'minlash. Viloyatdan tushadigan lidlarni yo'q qilish.

"TargetSchool" Biznes va IT ga yo'naltirilgan xususiy maktab. Avval o'quv markazi bo'lgan. Keyinchalik maqsadlar o'zgarib xususiy maktabga aylantirilgan. Toshkent shahar bo'yicha 4ta filiali bor. Asoschisi Behzod Jalilovning shaxsiy brendi ustida ishlangan. Instagramda asosan 2ta profil yuritilgan: 1- Kompaniya profili 2- Behzod Jalilov profili orqali. Lidogeneratsiya 80-90% kompaniya profili orqali tashkil qilingan ya'ni byudjet ko'proq kompaniya brendi uchun sarflangan. Sotuv bo'limida lidlar bilan ishlaydigan 10dan oshiq sotuv menejerlari ishlaydi. Lidogeneratsiya bo'yicha bir nechta targetologlar bilan ishlangan. Qisqa muddatda ko'p mutaxassilar bilan ishlanganligi sababli reklamaga qilingan harajat o'zini oqlamagan. Xullas natija qoniqarli bo'lmagan. Hisoblaganimizda oxirgi oyda $1000 harajat qilinib 373ta lid olingan. 1dona lid narxi o'rtacha $2,75 aylangan. Boshqa ko'rsatkichlar va biz bilan ishlagandagi farqni pastdagi jadvalda ko'rishingiz mumkin
Nima ishlar qilindi:
Ishni auditoriya va raqobatchilar analizidan boshladik. Raqobatchilar analizidan kelib chiqib kompaniyaning asosiya afzallik va ustunliklarini aniqlab oldik
Auditoriyani asosan quyidagi segmentlarga ajratib oldik:

  1. Farzandini boshlang'ich maktabga(0-4 sinf) bermoqchi bo'lgan ota-onalar (22-55yosh)
  2. Farzandi maktabda o'qiyabdi, lekin uning ta'limidan qoniqmayotgan ota-onalar(18-65+) Raqobatchi xususiy maktablarda farzandini o'qitayotgan ota-onalarni jalb qilish maqsad qilingan.
  3. Farzandini(2-7 yoshdagi) xususiy bog'chaga bermoqchi bo'lgan, ertadan kechgacha davlat ishida ishlaydigan yoki biznes bilan band bo'lgan o'rta yoshdagi ota-onalar (22-35 yosh)
Raqobatchilar analizidan screen
Viloyatdan tushadigan lidlarni kamaytirish uchun lidlarni kvalifikatsiya qiladigan sotuvchi sayt tayyorlab berdik. Bu usulni biz raqobatchilardan oldik. Barcha trafikni mana shu saytga yo'naltirdik. Boshida saytsiz facebook forma orqali lid olayotgan edik. Sotuv bo'limida viloyatdan tushadigan lidlar soni ko'payib ketganligi sababli trafikni saytga yo'naltirdik. Sayt orqali viloyatdan tushadigan lidlar 90%ga kamaytirildi. Shuni hisobiga lid narxi 30%ga qimmatlashdi. Lidlar sifati o'zgarganini ham aytib qo'yishim kerak albatta.

Har doim ham arzon lid yaxshi degani emas. Tajribam shuni ko'rsatadiki, aslida qimmat lid biznes uchun ko'proq daromad keltiradi. Mavzudan chetga chiqmaymiz, bu haqida keyinroq gaplashamiz!

Kreativlarda lid magnit sifatida 3 kunlik bepul darsga yozilishni asosiy offer qilib ishlatdik.

Kopirayting uchun 70ga yaqin afzallik va ustunliklar aniqlab olindi.
Kopirayting uchun 70ga yaqin afzallik va ustunliklaridan screen
Byudjet katta bo'lganligi sababli tahminan 40 ga kreativ test qilindi. Eng ko'p lidlar asosan Behzod Jalilovning video formatdagi kreativlaridan olindi, chunki ularda notiqlik mahorati, ma'lumotni aniq-tiniq qilib yetkazish qobiliyati undan tashqari shaxsiy brendi ham yordam berdi.

Xullas pastdagi hisobotda barcha o'zgarishlarni ko'rishingiz mumkin👇
Bir oylik hisobot. Sariqdagi qatorda bizning natija oldingi mutaxassilar natijalari bilan solishtirilgan. Yashildagi qatorda foizdagi o'sish ko'rsatilgan.
Lid narxi -54% - $1,25 ga tushirildi. Lidar soni 1895ta bir oyga. Ha bu kam. Biz kuniga 400ta tushirishimiz kerak edi. Kompaniyada byudjet bo'yicha muammolar bo'lganligi sababli vada qilingan summa ajratib berilmadi. Orada 1-2 kun pauza qilib ishlashimizga to'g'ri keldi. Tushunamiz, bu biz uchun odatiy hol bo'lib qolgan😊

Nima bo'lganda ham natija qoniqarli:
  • Lid narxi -54% - $1,25 ga tushirildi. Bir oyga 1895ta. Bu oldingi oyga nisbatan 408% o'sish degani. Qo'ng'iroqlar va directdan bo'lgan murojaatlarni hisobga olmaganda
  • Viloyat lidlari 90% ga kamaytirildi
  • Lidarni kvalifikatsiya qiladigan sotuvchi sayt tayyorlandi
  • Har bir segment uchun umumiy 40ga yaqin kreativ test qilindi
  • Bozor va raqobatchilar analizi
  • Mijoz portreti ishlab chiqildi va segmentlarga bo'lindi
  • Kopirayting uchun 70ga yaqin afzallik va ustunliklar aniqlab olindi
Agar sizga ham shunday professional ish kerak bo'lsa telegramga yozing 👉