Proekt haqida: Mijoz bizga murojaat qilgunga qadar target reklama bilan shug'ullangan. Oldin ishlagan smm mutaxassilar shunchaki instagramga qo'yilgan postlarni reklama qilish bilan shug'ullangan. Bizga murojaat qilishganda hech qanday hisobot, analitika yo'q edi. Shunday bo'lsa ham directga murojaatlar bo'lgan, postlarga qiziqqanlar izoh qoldirishgan, lekin murojaatlar, izohlar bilan to'g'ri ishlanmagan.
Bizgacha bir nechta targetologlar bilan ishlangan. Natija bo'lmagandan keyin ular ko'p almashgan. Bizni hayron qoldirgan narsa shu bo'ldiki hech qaysi mutaxassis reklamani ads managerdan sozlay olmagan. Instagram o'zidan Boost knopkasi orqali yoqib yurilgan.