Buyurtma asosida parda tikish. 3 oyda foydaga chiqdik!
Loyiha haqida
Buyurtma asosida parda tikish xizmati
Vazifa: Instagram va facebook orqali mijozlar oqimini tashkil qilish.
Loyiha haqida: Mijoz 19 yildan buyon oilaviy Parda ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kichik sexda 4-5ta tikuvchi xodim ishlab keladi. Shu vaqt mobaynida mijozlar bazasi to'plangan. Maqsad: biznesni asta sekin onlinega o'tkazib mijozlarni jalb qilish. Uzoq vaqtdan buyon ishlab kelganiga qaramay ijtimoiy tarmoqlar yuritilmagan. Reklamaga ham deyarli harajat qilinmagan. Mijozlar faqat sarafanka orqali kelib turgan.
Mijoz bizga murojaat qilgunga qadar 1 oy smm mutaxassislar bilan ishlagan. Natija kutilganidek bo'lmagan.
Ha aytgancha, bu Mijoz bizni boshqa mijozimiz orqali topib keldi.
Nima ishlar qilindi:
  • Auditoriya analizi
  • Raqobatchilar analizi
  • Afzallik va ustunliklar aniqlandi
  • Mijoz uchun shu kungacha 61 ta offer test qilindi
Ishni boshlaganimizda targetda kompaniya maqsadini forma orqali lid olishga yo'natirdik. Lid narxi qimmatga aylandi. $656 - 259ta lid. Lid narxi o'rtacha $2,5dan tushdi.
Kabinetdan olinga skrinshot

Kompaniya maqsadini o'zgartirib murojaatlarni diectga yo'naltirdik. Bu yerda murojaatlar bizga ancha arzonga tushishni boshladi. $318 - 361ta direct orqali qiziqish bildirilgan. 1ta murojaat o'rtacha $0,88 dan aylandi.

Arzon tushganini sababi shunchaki kompaniya maqsadini o'zgartirganimiz emas. Kompaniya maqsadi bu shunchaki instrument xolos.

Bizga sotuv olib keladigan offerni aniqlab, yuqori CTR beruvchi kreativni tayyorlab olgunimizcha 3 oy vaqt ketdi. Bu vaqtgacha biznes zararga ishlamadi albatta. Faqat reklama harajati qoblab turildi. 3-oydan boshlab foydaga kirdik.
Bizni foydaga olib chiqqan natijadan screen.
Ayollar auditoriyasi ko'proq qiziqsh bildirganini ko'rishingiz mumkin.
Mijoz bilan 1 yildan beri doimiy ishlab kelyabmiz. Mijoz bilan ishlashda qiyinchiliklar bo'lib turibdi. Murojaatlar va qiziqishlar bo'lyabti. Reklama harajatlari econom rejimda sarflanyabti. Lidlar narxi arzon. Lekin uni sotuvga aylantirishda muammolar bor. Zamerda ba'zi mijozlar rad qilishyapti. Misol uchun 10ta zamerga borilsa 3-4tasida sotuv bo'lyapti. Sotuv Konversiyasi hozirda 30%. Bu kam. 60-70% ga ko'tarib olishimiz kerak. Buni oshirish uchun Mijozga kerakli maslahatlarni berib boryapmiz.

Xulosa: Lid arzon bo'ldi degani bu sotuvlar yaxshi bo'ladi degani emas. Kuzatishlarimdan shuni aytishim mumkinki, arzon lid ba'zida sotuvga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Qaysi biri yaxshi natija berishini analizlar, raqamlar va qanday mijoz reklamada qiziqish bildirayotgani aniqlab beradi. Shuning uchun tepadagi lidlar qimmatga aylangan bo'lsa ham ma'lum muddat reklamaga harajat qilingan.